Toshkent va Qozon o‘rtasida 9-dekabrdan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Rossiya temir yo‘llari” ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
Toshkentdan Tatariston poytaxtiga yo‘l oladigan poyezd Drujinino orqali o‘tishi bildirilmoqda.
“Bu yo‘nalish boshqa poyezdlarga chiqib o‘tirmay Rossiyaning yana bir necha mintaqalariga borish imkonini beradi”, — deyiladi “RJD” xabarida.
Izoh (0)