Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayevning fikricha, eng avvalo “O‘zbekenergo” tizimini nopok xodimlardan tozalash zarur. Ana o‘shandagina sohada yaxshi tomonga o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Bu haqda Sharof Ubaydullayev 3-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press klub sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Sessiya davomida so‘zga chiqqan Sharof Ubaydullayev “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Ro‘ziqul Raimovga qarata: “O‘zbekenergo”ning ichidagi o‘g‘rilarni tugatdingizmi, qachon tugatasiz? Masalan, Toshkentda 1300 ta transformatorni sotib yuborgan sizning rahbarlaringiz. 1300 ta, har bir tumandan o‘rtacha 120—130 ta transformator. Bularning oldi 50 ming, 1000—1600 deganlari 10—15 ming dollar turadi. Qayoqqa sotildi? Chunki bizda keyingi paytda xususiy korxonalar paydo bo‘ldi, g‘isht zavodi, sut zavodi, issiqxonalar… Bularning barchasiga transformator kerak. Siz esa ‘kapeyka’ni to‘g‘rilaylik deb chaqirayapsiz”, — dedi.

Sharof Ubaydullayev majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Shohruh Aminovga ham tanqidiy fikrlarini bildirdi:

“Birgina Toshkent shahrida 1300 ta transformator sotib yuborilsa, buni nazorat qiladigan prokurorlar yo‘qmi, sizning ishtirokingiz yo‘qmi? Siz 500 so‘m-1000 so‘m to‘lay olmagan faxriylar, nogironlarning ortidan quvib yuribsiz, bizda ro‘yxatlari ham bor. Siz nogironlarga boshqacharoq qarang. To‘lov imkoniyatlari juda kulgili. Qayerga to‘lashini bilmaydi, mayli, elektr yomon, gaz yomon deymiz, ilgari to‘lovlarni uyga kelib olardi. Hozir sizning xo‘-o‘ idoralaringizni qidirib borishi kerak. Lekin pulga, to‘lovga kelsa, elektr o‘chib qolayapti, anavi kamchilik bo‘layapti, desa sizning pagonlilaringiz nima deydi, bilasizmi? ‘Bizning bunga aloqamiz yo‘q, ta’minot energiyada, biz faqat pul olishni bilamiz’, — deydi. Buni bitta qo‘lga berish kerak: yo siz rahbarlik qiling, yoki ta’minot bilan birga.

Gaz, elektr ichkarisidagi o‘g‘rilar tugatilmas ekan, xalqdan olinayotgan ‘kapeyka’ bilan bu sohani to‘g‘rilay olmaysiz. Ichkarida tartib o‘rnating, xalq siz bilan hamkor bo‘lsin. Mana — faxriylar doimo sizning quvvatingiz bo‘ladi. Prezident qo‘yayotgan masalalarni faqatgina xalqning yelkasiga osmang, o‘g‘rilarni tugating, o‘g‘rilarga bosh bo‘lmang! O‘rtoq prokuror, sizning Majburiy ijro byurongizda kamchiliklar shunaqangi ko‘p. Bir-birini so‘yib qo‘ygan rahbarlar sizga qaraydimi? Amal talashib yotibdi. Shuning uchun pulning orqasidan emas, adolatning orqasidan quving”, — dedi “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?