• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida O’zbekiston Markaziy Osiyodagi PayPal mavjud bo’lmagan yagona davlat bo’lib qoladi

    2017-yil dekabr oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilgan edi, deyiladi Spot nashri e’lon qilgan maqolada.

    Foto: Fortune

    Foto: Fortune

    Shundan keyin, Davlat rahbarining farmoni bilan Davlat dasturi tasdiqlandi, uning 88-bandida “dunyoning yetakchi to‘lov tizimlari (Visa, Mastercard, UnionPay, PayPal va boshqalar) bilan integratsiyalashgan zamonaviy chakana to‘lov tizimlari faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari va mexanizmini yaratish” normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Muddati — 2018-yil 1-sentabr.

    Fevral oyining oxirida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi chora-tadbirlari “Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlovchi prezident qarori chiqarildi, uning bandlaridan birida “kontaktsiz to‘lov texnologiyasini keng qo‘llash, jumladan xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, Mastercard, PayPal, Alipay va boshqalar)dan foydalanishni rivojlantirish va rag‘batlantirish, ushbu sohadagi normativ bazani takomillashtirish” ko‘rsatilgan, ammo natijalar loyiha emas, balki chora-tadbirlar majmuasi bo‘lishi kerak. Muddati — 2018-yilning 1-iyunigacha.

    “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash” bo‘yicha yana bir band ko‘zda tutilgan. Buning natijasi sifatida qonun 2018-yilning 1-sentabrigacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqilishi kerak edi.

    Sentabr oyida “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori chiqdi, unda yana elektron pul muammolarini hal qilish topshirig‘i yuklatilgan.

    Xususan, Markaziy bank “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishi va “elektron pullar bilan opetsiyalarni amalga oshirish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, jumladan elektron pullar egalarini identifikatsiya qilish tartibi”ni ham joriy qilishi lozim.

    Faqat bu yerda muddat 2019-yilning 1-yanvariga qadar deb ko‘rsatilgan. Bunga ko‘ra, shu kungacha qonun loyihasi ishlab chiqilishi va joriy qilinishi lozim edi. Shundan keyin boshqa normativ hujjatlardagi tegishli o‘zgartirishlarni kiritish, tasdiqlash va amaliyotga tatbiq qilish choralarini qabul qilish kerak bo‘lardi.

    Bularning hammasiga bir necha oy vaqt talab etiladi. Axir elektron pullar masalasi avtomobil oynalarini qoraytirishdek gap emas, ya’ni biron-bir sababga ko‘ra qisqa muddatda loyiha ishlab chiqilsa-yu, tasdiqlanib, hujjat qabul qilinsa (may oyida oynalarni qoraytirish bo‘yicha petitsiya 10 mingta ovoz yig‘di, iyun oyida esa qonun loyihasi tayyorlanib, avgust oyida ruxsat berila boshlandi).
    Elektron pullar bo‘yicha rasmiy ma’lumot yo‘qligi sababli, Spot tahririyati iyul oyining boshida Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM)ga murojaat qildi.

    O‘sha paytda kompaniya direktori Ahror Mahmudov O‘zbekistonda PayPal ishlamasligini, chunki qonunchiligimiz jismoniy shaxslarga pullarini xorijiy banklarda saqlashiga ruxsat bermasligini, elektron hamyonlar esa xorijdagi hisobvaraqqa tenglashtirilganini tushuntirib berdi.

    Ushbu suhbatdan bir hafta oldin Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish Yagona portalida jismoniy shaxs bo‘lgan rezidentlarga xorijiy banklarda hisobvaraq ochish va undan foydalanishga ruxsat berish taklifi bildirilgan loyiha e’lon qilindi.

    Ushbu qaror mamlakatda elektron pullarning ishlashi uchun zarur minimal huquqiy asos yaratadi, ammo muhokama iyul oyidayoq tugadi, u chiqishi rejalashtirilgan sana (1-sentabr) ham allaqachon o‘tib ketdi.

    Natijada nimaga erishildi?

    Sentabr oyida sodir bo‘lgan yagona narsa (va shu muddatning o‘zida turli hujjatlarda elektron pullar haqida turli takliflar tayyorlash, keyin qator chora-tadbirlarni qabul qilish, so‘ngra esa qonun loyihasini tayyorlash kerak), bu yuqorida aytib o‘tilgan to‘lov tizimi haqida qarorning yangi tasdiqlanish sanasi — 2019-yilning yanvar oyi ekanligidir.

    “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarorida ham shu sana ko‘rsatilgan bo‘lib, unda ham “O‘zbekiston hududida elektron pullarga munosabatni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish” vazifasi yuklatilgan edi.

    Shunday qilib so‘nggi 9 oy ichida har birida elektron pul muammolarini hal qilish masalalari topshirilgan hukumatning 4 (!)ta qarori chiqdi, biroq, amalda yil oxirlab borayotgan bo‘lsa-da, tayinlangan muddatlar faqatgina ortga surilyapti, na PayPal, na Yandex. Money”, na Qiwi O‘zbekistonda oldin ham bo‘lmaganidek, hozirda ham yo‘q. Bundan tashqari, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqalarda buning uchun javobgar shaxslar tayinlangan bo‘lsa-da, ularni tatbiq etish uchun hatto huquqiy baza ham yo‘q.
    Texnik tarkibiy qismiga kelsak, masalan Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) ma’lum qilishicha, allaqachon amerikalik hamkorlarning barcha talablari bajarilgan va hozirda PayPal shtab-kvartirasining qarori kutilmoqda:
    “Ushbu xizmatni ishga tushirish uchun texnik tayyorgarlikni ilgariroq boshlagandik. Qonun qabul qilinishi bilan (jismoniy shaxslarga chet elda hisob raqamlarini ochishga imkon beruvchi) biz darhol aholiga PayPal, Yandex. Money, WebMoney va Qiwi Wallet’da hisoblarini to‘ldirish imkonini beramiz. Biz boshqa elektron to‘lov tizimlariga ham ulanishni rejalashtirayapmiz”, — degan edi Ahror Mahmudov yoz faslida.
    Hozircha O‘zbekiston PayPal tarmog‘iga qo‘shilmagan (O‘zbekiston PayPal’ning “qora ro‘yxat”ida emas) Markaziy Osiyoda yagona mamlakat (va dunyodagi kamchilik) mamlakatlardan biriligicha qolmoqda.

    Xuddi shunday Yandex. Money bilan ham tom ma’noda mamlakatni qamrab oladigan, lekin uning ichida mavjud bo‘lmagan hamyonni to‘ldirish nuqtalari mavjud bo‘lgan karta aniq ko‘rinadi:

     

    Rasm: Yandex. Money to‘ldirilgan nuqtalar. Ular Tojikiston, Qig‘iziston va Qozog‘iztonda mavjud, lekin O‘zbekistonda emas.

    Rasm: Yandex. Money to‘ldirilgan nuqtalar. Ular Tojikiston, Qig‘iziston va Qozog‘iztonda mavjud, lekin O‘zbekistonda emas.

    Yanvar oyining boshida Amazon vakili Shohrux Jo‘rayev, mamlakatdagi elektron to‘lovlar tizimi juda tez rivojlanayotgani, biroq ular mahalliy va ichki bozorga mo‘ljallanganicha qolayotgani, mamlakatda PayPal’ning o‘zi yo‘qligi jarayonga kuchli to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

    “Hozirda O‘zbekistonda bor bo‘lgan elektron tijorat (E-commerce) platformalari ham jahon bozoriga qo‘shilmagan”, — degan edi o‘shanda Jo‘rayev.
    Agar O‘zbekistonda elektron pullar masalasi bo‘yicha yangi hujjat ishlab chiqilmasa, natijada bu masala yanada kechikadi, u holda uning chiqishini 2019-yilga mo‘ljallasa bo‘ladi (eng yaxshi holatda).

    Hukumatning to‘rtta qarori va Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili bo‘lishiga qaramay, qaror qabul qilish masalasi, barcha ko‘rinishlardagi qandaydir sabablar bilan yaqin o‘rtada amalga oshmasligi aniq bo‘ldi.

    Timurmalik Elmurodov

    03.10.2018, 10:25   Izoh (0)   11014
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termizdagi Sulton Saodat majmuasi ziyoratchilar gavjum joyga aylandi (foto)

    03.10.2018, 10:10

    Farg‘onada 2,2 mlrd so‘m va 156 ming dollar mablag‘ evaziga zamonaviy tibbiy diagnostika markazi bunyod etildi (foto)

    03.10.2018, 09:45

    Toshkentda daraxtlar kesilishi masalasi: “Yana 50 yil shunday sur’atda davom etsa, kelasi avlod cho‘lda yashaydi”

    03.10.2018, 09:33

    Fattoh Shodiyev Nazarboyevning topshirig‘iga ko‘ra, bir guruh qozoq milliarderlari bilan Turkiston shahrini quradi (foto)

    03.10.2018, 09:15

    O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari va xodimlari qat’iy hisobga olinadi

    03.10.2018, 09:15

    O‘zbekiston va AQSh ta’lim vazirlarining tarixdagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (foto)

    03.10.2018, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53

    O‘zbekistonda 6-iyul kuni havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.