2019-yil 1-yanvardan boshlab bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami beriladi, shuningdek nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini litsenziyalashga qo‘yiladigan talablar qat’iylashtiriladi. Prezidentning O‘zAda e’lon qilingan “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ana shular nazarda tutilgan, deb yozadi Norma.
“UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ hamda Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari agentligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha:
- bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanganda;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bolalar uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha xizmatni joriy etadi.
Izoh (0)