Tijorat banklari mikrokredit tashkilotlari bilan bir qatorda mikroqarzlar berish huquqiga ega bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Tegishli o‘zgartirishlarni kiritish O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati tomonidan 27-sentabrdagi 16-yalpi majlisda tasdiqlandi.
Mikroqarz summasi eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha bo‘lishi mumkin va, asosan, naqd shaklda 1 yilgacha muddatga beriladi.
Shu bilan birga, yiliga qarz olinishi mumkin bo‘lgan miqdorning yarmidan ko‘pini tashkil qiluvchi summadagi mikromoliya xizmatlarini ko‘rsatish kelishuvlari bo‘yicha foizlar hisoblanishi, komissiya to‘lovlari va jarimalar undirilishi va boshqa javobgarlik choralarining qo‘llanilishiga taqiq o‘rnatiladi.
“Banklar mikroqarzlar berish huquqini qo‘lga kiritayotgani ushbu sohadagi raqobat muhitini yaxshilaydi. Bundan tashqari, odamlar hatto olis hududlarda ham bu xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu mikroqarzlarning foiz stavkalari bozor sharoitida shakllanishiga ham olib keladi. Ba’zi banklar allaqachon mikroqarzlar berishni boshladi, bu foiz stavkalari 62 foizdan o‘rtacha ikki barobar pasayishiga olib keldi”, — dedi Markaziy bank vakili.
Izoh (0)