Lyuksemburgning IFG Metals & Mining kompaniyasi (IFG Capital Partners SA bo‘linmasi) va O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda yettita volfram konini razvedka qilish va qazish bo‘yicha eksklyuziv kelishuv imzoladi, deb yozadi UzDaily.
Kelishuv doirasida O‘zbekistonda volfram klasteri yaratiladi. 25—30 yil davomida klasterga 300 million dollar investitsiya kiritiladi.
Loyihada Sun Group kompaniyasi ham ishtirok etadi. U ushbu loyihaga o‘z mablag‘larini kiritadi.
IFG Metals & Mining Ingichka, Sariko‘l, Qora-To‘ba, Langar, Qo‘ytosh, Yaxton va Gussoy konlari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosni tayyorlaydi.
Yettita kon 2024-yilga kelib, yiliga 5,7 ming tonnagacha volfram ishlab chiqaradi, bu dunyoda ishlab chiqariladigan volfram hajmining taxminan 6 foiziga teng.
Izoh (0)