Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida shu yil 29-sentabr kuni noma’lum shaxs “Bog‘aro” mahallasi hududida qarovsiz qoldirilgan R.I.ga tegishli Cobalt avtomashinasini haydab qochdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina “Xalqobod” MFY hududidan texnik soz holda topildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Boymoqli” mahallasida yashovchi 14-maktabning 10-sinf o‘quvchisi J.G. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)