• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Daryo surishtiruvi: Samarqanddagi “Damariq” dehqon bozorining buzib tashlanishidan kim manfaatdor? (foto)

    Samarqand shahridagi “Damariq” dehqon bozori hech qanday qarorsiz, tadbirkorlar ogohlantirilmasdan qayta rekonstruksiya qilish bahonasi sabab buzib tashlanayotganligi, bundan tadbirkorlar norozi ekanligi xususida xabar berib o‘tgandik.

    “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ushbu holatni o‘rganib, tadbirkorlar va bozor ma’muriyati, shuningdek, bozorni buzayotgan mutasaddi tashkilot vakillar bilan suhbatlashib, holatni o‘rgandi.

    O‘rganishlar jarayonida ma’lum bo‘lishicha, 35 sotix yer maydoniga ega bo‘lgan bozorning binosi “Jusur agro texnologiya” hamda “Ideal plast trub” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan sotib olingan. Bozorga ajratilgan yer va bozordagi rastalar (pirlavkalar) davlat hisobida bo‘lib, binoni sotib olgan tadbirkorlar 49 foiz ulushni o‘zaro ikkiga bo‘lib olishgan.

    — Necha yildan buyon ushbu bozorda savdo qilib ro‘zg‘or tebratamiz. Davlatga chek pulini ham patent pulini ham o‘z vaqtida to‘lab boramiz. Ammo kutilmaganda bir tadbirkor kelib qech qanday asossiz bozorni buza boshladi. Tadbirkorlarni ochiqchasiga ko‘chaga haydab, savdomizni ko‘chada qilishimizni aytdi,— deydi tadbirkor Xusniobod Karimova.

    Ayni paytda bozorda Pastdarg‘om, Oqdaryo, Payariq va Samarqand tumanidan kelgan fermer xo‘jaliklari, dehqonlar va bozordagi tadbirkorlar bilan umumiy hisobda 400 nafarga yaqin kishi tijorat bilan shug‘ullanishadi. Tadbirkorlarning 80 foizini ayollar tashkil etar ekan.

    — Tadbirkorlarning aksariyatini ayollar tashkil etadi. Ko‘pchiligi oilasida yolg‘iz boquvchi ona hisoblanadi. Prezidentimiz odamlarni xorijga chiqib ketmasliklari uchun ularni ish bilan ta’minlash maqsadida tadbirkorlikka keng yo‘l ochayotgan bir vaqtda ularning hozirda qilayotgan ishini ochig‘i tushunish qiyin. Oilasida yolg‘iz boquvchi bo‘lgan ayollar bolalarini tashlab chetga chiqolmaydi. Ularning holi qanday kechishi, bolalarini qanday boqishi, ro‘zg‘orini qanday tebratishini nahotki o‘ylab ko‘rmagan bo‘lsa. Nahotki ularning kelgusi taqdiri bilan hech kim qiziqmasa, — deydi tadbirkor Mohira Jo‘rayeva.

    Bozordagi buzilish ishlari “Jusur agro texnologiya” hamda “Ideal plast trub” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur tashkilotlarning mas’ul vakili hisoblangan Usmon Sultonovning bizga ma’lum qilishicha, bozorni rekonstruksiya qilish uchun hokimiyat og‘zaki topshiriq bergan.

    — Bizga yuqoridan buz deb aytishdi. Shuning uchun buzayapmiz. Bozorni buzish yoki uni qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha hokimlik tomonidan hech qanday qaror yoki buyruq chiqarilmagan. Shu bois buzish uchun qo‘limizda hech qanday asosimiz yo‘q. Biz kattalarni topshirig‘ini bajarayapmiz xolos, — deydi Usmon Sultonov.

    — Bozorni ikkita tadbirkor 50 foizdan ulush hisobiga sotib olishgan. Sotib olganlik bo‘yicha qarorimiz bor. Bizga bozorni qayta rekonstruksiya qilish uchun tepadan og‘zaki topshiriq berishgani uchun buzayapmiz. Qolgan masalalarni bozorni sotib olgan tadbirkorlardan so‘raysiz.

    Amaldagi qonunlar bo‘yicha respublikamizda bozorlar yuz foiz miqdorida tadbirkorlarning qo‘liga o‘tmaydi. Usmon Sultonovning fikricha, “Damariq” dehqon bozori tamomila sotib olingan. Shu bois tadbirkorlar o‘zi bilgan ishini qiladi. “Damariq dehqon bozori” MChJ direktori Mirtemir Bekovning so‘zlariga ko‘ra, bozorning 51 foiz ulushi davlatniki hisoblanadi.

    Bizga ma’lum bo‘lishicha bozordan oyiga 40 million so‘m naqd pul tushumi amalga oshiriladi. O‘sha tushumning 50 foizi davlat budjetiga. Qolgani qarzga ketadi.

    — Bozorga kelganimda qarzdorlik 575 million so‘m edi. Hozirda ushbu qarzdorlikdan 125 million so‘mi qoldi xolos. Qarzlardan endi qutilamiz deb turgan vaqtda, bozorni buzishga kirishdi. Tadbirkorning qo‘lida bozorni buzish yoki qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha hech qanday hujjat yo‘q, deydi bozor direktori Mirtemir Bekov.

    — Aslida, Samarqand shahar hokimi bizga bozor atrofidagi yer maydonini asfalt qilish, u yerni qaytadan obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. Bozorning yopiq qismidagi maydonni avval yarmini, so‘ng qolganini ta’mirlab, tadbirkorlarga halal bermagan holda ish tutishimizni aytishgandi. Ammo ularning bunday yo‘l tutayotganini o‘zim ham tushunmayapman.

    Samarqand shahridagi So‘g‘diyona massivining asosiy bozori bo‘lgan “Damariq” dehqon bozori har kuni xaridorlar bilan gavjum. Bu hududdagi eng yaqin “Temir yo‘l” dehqon bozori 5 kilometr, “Sartepo” bozori 4 kilometr masofada joylashgan. U yerdan bozorlik qilib kelish uchun hududdagi barchaning ham imkoniyati yetmaydi.

    — Bir vaqtlar biz tadbirkorlar savdo qilish uchun ushbu bozorni qurishda o‘z hisobimizdan pul berganmiz. Bugun esa bizni ochiqchasiga ko‘chaga haydayapti. Bozorni ta’mirlash uchun biror bir hujjat ko‘rsatib, ta’mirdan so‘ng bozor faoliyati yana davom ettirishiga kafolat bersa bizning hech qanday qarshiligimiz yo‘q, — deydi Sanobar Abduraxmonova.

    — Kuz kelib havo salqinlashdi. Yog‘ingarchilik kunlarida ko‘chada savdo qilib bo‘ladimi? Aslida ularning maqsadi boshqa. Bozorni bu yerdan yo‘qotish. Bilishimizcha bozor o‘rnida qandaydir zavod qurish rejalashtirilgan.

    So‘nggi paytlarda Samarqand shahrida qurilish ishlari bilan bog‘liq turli mojarolar yana avj olmoqda. “Damariq” dehqon bozorining hech qanday qaror yoki hujjatsiz buzilayotganligini ochig‘i o‘zimiz ham tushunmadik. Bozorning buzish ishlariga mas’ul bo‘lgan Usmon Sultonovning ochiqchasiga buzish uchun hech qanday hujjat yo‘qligini, tadbirkorlar qo‘lidan kelgan ishni qilsin degandek gapirishi bizni ajablantirdi.

    Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga ulkan imkoniyatlar yaratib, ularga keng yo‘l ochib bermoqda. Ammo yaratib berilayotgan imkoniyatlar degani tadbirkorlar o‘zi istagan ishni qiladi degani emasku? Hokimiyatning hech qanday qarorisiz tayyor bozorni qanday buzish mumkin? Buzish ishlariga hokimiyatning qaysi vakili og‘zaki buyruq bergani ham bizga hozircha qorong‘u.

    O‘ylaymizki, tez fursatlarda mutasaddi vakillar “Damariq” dehqon bozorining noqonuniy buzilish ishlari bilan bog‘liq holatni atroflicha o‘rganib masalani ijobiy hal qiladi. Aks holda bozorda savdo qiluvchi 400 nafar tadbirkor ko‘chaga qolishi hech gap emas. Uning ortida qarab turan 2000 nafardan ortiq qorako‘zning holatini aytmasa ham bo‘ladi.

    Ha aytgancha, bugun minglab yurtdoshlarimiz chet ellarda sarsongarchilikda yuribdi. Birgina o‘ylab qilinmagan ishimiz uchun yana ularning sonini oshirib yubormasak bo‘lagni.

    01.10.2018, 14:49   Izoh (0)   28048
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi

    01.10.2018, 14:15

    O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi muzokara yakunlari bo‘yicha imzolangan hujjatlarni qabul qilish marosimi boshlandi

    01.10.2018, 13:37

    Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajni qabul qildi

    01.10.2018, 11:40

    Shavkat Mirziyoyev Mahatma Gandi xotirasiga hurmat bajo keltirdi

    01.10.2018, 11:10

    1-oktabrdan sanoat korxonalari va avtomobil yuvish shoxobchalari uchun suv solig‘i oshiriladi

    01.10.2018, 10:50

    Shavkat Mirziyoyev: Hindistonga tashrif va samarali muzokaralar strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi

    01.10.2018, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya tunda Ukrainadagi koloniyaga aviabomba tashladi

    Dunyo | 29 iyul, 10:50

    Xitoyda barcha uy yumushlarini bajaruvchi odamsimon robot — “uy ishlari terminatori” taqdim etildi (foto)

    Texnologiyalar | 29 iyul, 10:47

    Nyu York markazida otishma: 5 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 10:33

    Avgust oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 29 iyul, 10:29

    “An-Nassr” Mark Kukurelya uchun katta shartnoma tayyorlamoqda

    Sport | 29 iyul, 10:27

    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi

    Reklama | 29 iyul, 09:00

    “G‘azoni haqiqiy ocharchilik qurshab olgan” — Donald Tramp (video)

    Dunyo | 29 iyul, 10:20

    Charchoqni uyqu ham, ta’til ham bartaraf etmasa: energiya tanqisligining 7 sababi

    Ayollar sahifasi | 29 iyul, 09:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.