24-sentabr kuni O‘zbekistonning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsion salohiyati namoyish etildi. Bu haqda Investitsiya qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Ushbu taqdimot marosimida 15 ta Tailand kompaniyasi ishtirok etdi.
Taqdimot ishtirokchilariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar haqida so‘zlab berildi.
Ma’lumotlar taqdimot ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimot yakunida tailandlik tadbirkorlar bilan savol-javob formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
The Muslim World telekanali vakillari O‘zbekiston haqida ko‘rsatuvlar tayyorlashga qiziqish bildirdi.
Izoh (0)