• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onalik 123 yoshli onaxon Ginnes rekordlari kitobiga kiradimi?

    Ikki yil avval Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi Qoraqum mahallasida umrguzaronlik qilayotgan 123 yoshli Huvaydo momo Umarovani “Dunyoning eng keksa kishisi” sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritish haqida ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar avjiga chiqqandi. Hatto o‘tgan yili Huvaydo momoning ism-familiyasi ushbu kitobga qayd etilgani to‘g‘risida ham gap-so‘zlar bolaladi. Andijonlik jurnalist Mirolim Isajonov ushbu ovozalarga oydinlik kiritdi.

    Foto: Mirolim Isajonov

    Foto: Mirolim Isajonov

    Jurnalist Huvaydo momoning 55 yoshli kenja o‘g‘li To‘raqul aka Umarov bilan suhbatda bo‘ldi.

    — 2016-yili yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilgan “Kim edig-u kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” targ‘ibot tadbirlari Farg‘onada ham bo‘lib o‘tayotgan paytda bir guruh san’atkorlar xonadonimizda mehmon bo‘lishgandi. O‘shanda aktyor Alisher Uzoqov va bir qancha taniqli insonlar onam bilan rasmga tushib, ushbu kitobga kiritish masalasi haqida gapirishgandi.

    Foto: Qalampir.uz

    Foto: Qalampir.uz

    Ular ketganidan keyin uch-to‘rt kun o‘tgach, onamni ziyorat qiladaganlar ko‘payib qoldi. Turli viloyatlardan ham yurtdoshlarimiz kelishdi.

    Foto: Mirolim Isajonov

    Foto: Mirolim Isajonov

    Ginnes rekordlari kitobiga kiritish haqidagi munozaralardan xabarimiz bor. Lekin hali biror yangilik eshitganimizcha yo‘q. Bu haqda ko‘plab jurnalistlar va qiziquvchilar turli savollar bilan yuzlanishyapti. Ammo ikki yildirki, tayinli javob kelmadi. Aslida bunga qiziqsak-da, qayerga murojaat qilishni, kimlardan aniq maslahat va xulosalar olishni bilmaymiz, ochig‘i. O‘sha jahonga mashhur kitobdan ham nasib qilsa o‘rin olib qolar. Asosiysi, onam sog‘-omon-ku. Shunisiga shukr. Umri uzun va ziyoda bo‘lsin!

    Foto: Mirolim Isajonov

    Foto: Mirolim Isajonov

    — Volidangizning ajdodlari orasida ham shunday ulug‘ yoshga kirganlari bo‘lganmi? Bunga hech qiziqib, onangizdan ma’lumot olganmisiz?

    — Onamning aytishicha, uzoq umr ko‘rish ularning genida bor ekan. Ajdodlari orasida ham bir asrdan ziyod hayot kechirganlari ko‘pchilikni tashkil etarkan. Masalan, dadasi Toshmat ota 101 yil, tog‘asi Mullaqodir ota 130 yil, ammasi Saydiniso aya esa 125 yil umr ko‘rishgan ekan. Ayamning ulardan ham ko‘proq yashashini Xudodan so‘rab qolamiz!

    Foto: Mirolim Isajonov

    Foto: Mirolim Isajonov

    — Bu xonadonga kelin bo‘lib tushganimga 33 yil bo‘ldi. Men kelgan vaqtimda qaynonamning ko‘zlari ojiz edi. Hassaga tayanib yurardi. Oxirgi o‘n yillikda esa bir joyda o‘tiradigan bo‘lib qoldi. Kecha-yu kunduz nazorat qilib turaman. Tunlari birga yotaman. Juda kam uxlaydi. Tahoratini qilib bo‘lganimizdan keyin salovatlar aytib, duolar qilib o‘tiradi. Men ham shu odatga o‘rganganman. Aravachaga o‘tkazib, ko‘cha-ko‘yga olib chiqaylik desak, sira ko‘nmaydi. Uyda o‘tirishni afzal biladi. Ovqat ham oz yeydi. Ko‘proq suyuq taomlar pishiring deydi. Oshni juda xush ko‘radi. Choy o‘rniga, qaynatilgan suv ichadi. O‘zlari kelinlik davrida epchil, g‘ayratli bo‘lganliklarini ko‘p xotirlab, takrorlaydi. Tishlari ikkinchi marta ham chiqib, ko‘pi to‘kilib ketdi. Sochlari ham qayta o‘sib, yana siyraklashib qolgan. Zehni o‘tkirligiga qoyil qolamiz. Bolaligi, yoshlik chog‘lari, kolxozlashtirish davri, quloqlashtirish yillari, urush mashaqqatlari, mash’um qatag‘on voqealari to‘g‘risida ko‘p gapiradi. Go‘yo tirik tarix deysiz. Bu inson borligi uchun ham uyimiz doim gavjum va qut-baraka hukmron. Ilohim yana uzoq yillar umr kechirib, bizning baxtimizga omon bo‘lsin. Ularning xizmatlarini qilishdan sira charchamaylik, — deydi kenja kelini Dilorom Umarova.

    — Onaxonning uch o‘g‘il va to‘rt qizining barchasi qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritadi.

    — 36 nafar nevara, 68 nafar chevara, 28 nafar evarasi bor.

    2 yil avval Huvaydo momoga Prezident nomidan “Shuhrat” medali topshirilgan.

    26.09.2018, 14:34   Izoh (0)   59795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muborak tumanida hokim yordamchisi va moliya bo‘limi boshlig‘i 21 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi (video)

    26.09.2018, 14:20

    Samarqandda bojxona xodimini haqoratlagan fuqaro 13 million 779 ming 200 so‘m jarimaga tortildi

    26.09.2018, 12:45

    O‘zbekiston 20 ta mamlakatning dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan oladi. Bu narxlar pasayishiga olib kelishi kerak

    26.09.2018, 12:30

    O‘zbekistonda yosh rejissor, yozuvchi va ijrochilar taqdirlandi. Gran-Pri sohibiga Prezident sovrini topshirildi

    26.09.2018, 12:00

    O‘zbekistonda dorixonalar 1-noyabrdan dorilarning ba’zi turlarini qadoqlash huquqiga ega bo‘ladi

    26.09.2018, 11:30

    O‘zbekistonda birinchi marta “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi natijalari e’lon qilindi

    26.09.2018, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.