Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan transport vositalari haqida ma’lumot berildi.
Quyida ushbu transport vositalari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
— yopiq joylarda va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan umumiy yo‘llarda foydalanishga mo‘ljallanmagan texnologik transport vositalari (traktor, traktor tirkamalari, qurilish-yo‘l va meliorativ texnikasi, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinalari);
— faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari;
— tramvay va trolleybuslar;
— Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan harbiy transport vositalari.
“Ushbu transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilangan tartibda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)