Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida shu yil 21-sentabr kuni O.G. o‘g‘irlik qilish maqsadida F.U.ga tegishli Saksonota mahallasida joylashgan uyning deraza panjarasini buzib, ichkariga kiradi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Hududda xizmat olib borayotgan tuman ichki ishlar organlarining tayanch punktlari profilaktika katta inspektori, mayor K.B. uni sezib qolib ushlaganida O.G. xodimga faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘li bilan urib jarohat yetkazdi. Shunday bo‘lsada, O.G. ushlangan.
Mayor K.B.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)