Belarus bilan qo‘shma poyabzal korxonasi O‘zbekistonda 2019-yilda quriladi. Bu haqda Belarusning “Marko” charm-poyabzal kompaniyasi bosh direktori Nikolay Martinov OAVlarga ma’lum qildi, deb yozadi Spot.
Yangi oyoq kiyim korxonasini tashkil etish haqidagi kelishuv Belarus prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan.
“U 2019-yil oxirigacha ishga tushirilishi kerak, hozir ro‘yxatga kiritish, loyihalash, uskunalarni tanlash bilan shug‘ullanyapmiz”, — dedi “Marko” bosh direktori.
Bo‘lg‘usi korxonada poyabzal ishlab chiqarish texnologiyasi Belarusdan keltiriladi.
Izoh (0)