Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Moxd Asri Bin Zaynul Abidin boshchiligidagi diniy ulamolardan iborat delegatsiya shu kunlarda mehmon bo‘lib turibdi. Diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilmoqdalar, deya xabar berdi “Islom.uz”.
Shunday tashriflardan biri Toshkent shahrida joylashgan Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurtiga amalga oshirildi.
Bu yerda malayziyalik mehmonlarga diniy ta’lim tizimi, dars jarayonlari, talabalarning yashash sharoitlari, o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar, ustozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot uchun, tashrifdan ko‘zlangan maqsad Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyati bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, malayziyalik sayyohlarning ziyorat turizmi yo‘nalishida O‘zbekistonga muntazam tashrifini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Avvalroq, 21-sentabr kuni Toshkent shahriga Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Mohd Asri Zaynul Abidin boshchiligidagi Malayziya diniy ulamolari guruhi kelgani haqda xabar qilingan edi.
Izoh (0)