Moskva viloyatining Mitishi okrugida joylashgan 1000 kvadrat metr hududdagi omborxonada chiqqan yong‘in oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, ulardan biri yosh bola ekanligi aytilmoqda, deb yozadi “Rambler”.
“Mitishidagi omborxonada yong‘in chiqdi. Yomg‘in oqibatida ikki kishi halok boldi, ulardan biri yosh bola. Ularning ikkalasi ham O‘zbekiston fuqarolari”, — deyiladi xabarda.
Hozirda yong‘in bartaraf etilgan.
Izoh (0)