Ikkita yirik jigarrang “yarqiramay qolgan” noodatiy yulduzning ochilishi amerikalik astronomlarni “yulduz” tushunchasi yangi ta’rifga muhtojligi haqida o‘ylashga majbur qilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Olimlarning kuzatishlariga ko‘ra, “jigarrang mitti yulduz” va “yulduz” tushunchalarini qayta ko‘rib chiqish kerak. Ma’lum bo‘lishicha, eng og‘ir yarqiramaydigan yulduz va eng kichik yulduzlarning og‘irligi deyarli bir-biridan farq qilmaydi.
Shunga qaramasdan, ular turlicha rivojlanadi. Jigarrang mittilar tezda xiralashib qolsa, yulduzlar milliard yillar davomida yarqirab turadi.
Izoh (0)