Muzli vulqonlar Serera yuzasida uning paydo bo‘lganidan buyon to‘xtovsiz yuzaga kelgan bo‘lishi kerak. NASA olimlari shunday xulosaga kelgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Olimlarning ma’lum qilishicha, muzli vulqonlar Serera yuzasida har 50 million yilda paydo bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bir tomondan, ularning mavjudligi izlari sayyora yuzasida mavjud bo‘lishi kerak, boshqa tomondan esa ular sayyoraning tashqi yuzasi shakllanishida Yer, Venera, Mars va boshqa sayyoralardagi haqiqiy vulqonlardan kamroq rol o‘ynagan.
Dawn zondining 2015-yil mart oyida mitti sayyoraga yetib borgach olingan dastlabki suratlar uning ikkita noodatiy tuzilmasini ochgan. Ular Okkator krateridagi sirli oq dog‘lar va Serera ustida to‘rt kilometr balandlikka ko‘tarilib turgan noodatiy Axuna tog‘i bo‘lgan.
Izoh (0)