Xalqaro kosmik stansiyada bo‘lib turgan rossiyalik kosmonavt Sergey Prokopyev stansiyada hammasi joyida ekanligini ma’lum qildi va “Soyuz MS-09” kemasi bortning havo sizib chiqishi qayd etilgan qismni namoyish etdi. Bu haqda “RIA Novoti” xabar berdi.
https://twitter.com/roscosmos/status/1039130465251336192
Videoda kosmonavt aynan yoriq aniqlangan qismda turib, tasvirga olgan. Bunda u skafandrsiz bo‘lgan.
Shuningdek, kosmonavt havo sizib chiqish joyini aniqlagan ultratovush qurilmasini ham namoyish qilgan va yoriq maxsus germetika bilan uch qavat qilib yopilganini aytgan.
Izoh (0)