SpaceX kompaniyasi o‘z kosmik kemasida Oy atrofida bir marta aylanishni amalga oshiradigan ilk turistni tanladi, deb yozadi “TASS” kompaniya saytiga tayanib.
“SpaceX o‘zining BFR (Big Falcon Heavy) transport vositasi bortida Oy atrofida parvozni amalga oshiradigan dunyodagi birinchi yo‘lovchini aniqladi. Bu koinotga sayohat haqida orzu qiluvchi odamlar uchun yo‘l ochishda muhim qadamga aylanadi”, — deya ma’lum qildi Ilon Mask rahbarlik qiluvchi kompaniya.
U o‘zining ilk kosmik turisti ismini 17-sentabr, dushanba kuni oshkor qilishga va’da berdi.
Avvalroq SpaceX Oy atrofi bo‘ylab birinchi sayyohlik parvozlarini 2019-yilga qoldirishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)