• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    OAV: To‘lov-kontrakt oshirildi, e’tirozlar bo‘ldi, ammo o‘zgarish bo‘lmadi

    O‘zA “To‘lov-kontrakt oshirildi, e’tirozlar bo‘ldi, ammo o‘zgarish bo‘lmadi” nomli maqolani e’lon qildi. Ushbu maqolani to‘lig‘icha e’tiboringizga havola qilamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda bir nafar talabani o‘qitishning o‘rtacha xarajati 10,5 million so‘mni tashkil etayotgan ekan. To‘lov-kontrakt miqdori o‘rtacha 8,7 million so‘m etib belgilanmoqda.

    Endilikda bakalavrlar uchun eng kam kontrakt to‘lovi 8 milliondan, eng qimmati 11 milliondan ortiqni tashkil etmoqda. Magistrlar uchun esa 9 million so‘mdan boshlanib, 12 million so‘mdan yuqori.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018-yilning 1-sentabridan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarining oshganligi sababli talabalar va ota-onalarga quyidagi ma’lumotlarni yetkazdi:

    Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish xarajatlarining asosiy qismini, ya’ni 91 foizini ish haqi va stipendiya to‘lovlari tashkil etishi inobatga olinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati respublikadagi eng kam ish haqi miqdoriga bog‘landi va unga nisbatan karra barobarida belgilandi.

    Amaldagi to‘lov-kontrakt qiymatlari 2016/2017-o‘quv yili uchun belgilangan bo‘lib, 2017/2018-o‘quv yilida ushbu qiymatlar o‘zgarishsiz qoldirildi.

    2018-yil 1-sentabrdan amaldagi to‘lov-kontrakt qiymatlari miqdorlari o‘rtacha 18,5 foizga yoki ta’lim yo‘nalishlariga qarab 12,3 foizdan 24,7 foizgacha oshirildi.

    Yuqoridagilarga asosan yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini indeksatsiya qilishda, asosiy omil sifatida, o‘tgan o‘quv yillarida stipendiya va ish haqi miqdorlarining 2016-yil 1-oktabrdan 15 foizga, 2017-yil 1-dekabrdan 15 foizga oshganligi, lekin to‘lov-kontrakt miqdorlarining oshirilmaganligi ham inobatga olindi.

    Shu bilan birga, to‘lov-kontrakt miqdorini o‘rtacha 18,5 foizga oshirishda 2018-yil 15-iyuldan respublikada ish haqi va stipendiya miqdorlarining 7 foizga, 2018-yil 1-sentabrdan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari oylik maoshining o‘rtacha 25 foizga oshirilganligini qisman qoplash lozimligi, aks holda, yangi o‘quv yilining yakuniga kelib oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tegishli xarajatlar uchun mablag‘lar yetishmovchiligi kelib chiqishi ham hisobga olindi.

    Alohida ta’kidlash lozimki, talabalarga, ularning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishidan qat’iy nazar, bir oyda stipendiya to‘lab boriladi. Hozirgi vaqtda stipendiyaning o‘rtacha oylik miqdori 466 ming so‘mni yoki yiliga 5,6 million so‘mni tashkil etadi va u o‘qitish miqdorida to‘liq kiritiladi. Bunda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining 45-80 foizini stipendiya tashkil etadi. (Talaba a’lo baholarga o‘zlashtirsa, jami 7,5 million so‘m stipendiya oladi) Talabaga o‘zi tomonidan o‘qish uchun to‘langan mablag‘ning taxminan yarmi yoki undan ko‘pi o‘quv yili davomida oylik stipendiya ko‘rinishida qaytariladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi keltirgan ushbu izoh ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Muhayyo Nabiyeva: ta’lim tizimi pullik bo‘larkan rivojlanishda to‘siqlar ko‘payaveradi. To‘g‘ri, bizning yurtimizda boylar ko‘p, lekin oddiy xalq, ularning farzandlari, moddiy jihatdan o‘qish kontraktini ko‘tarolmaydigan odamlar nima qilsin...

    Gulnoz Xodjayeva: birinchidan, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik ahvoli achinarli ahvolda. Ikkinchidan, stipendiya olib o‘qiyotgan talabalar bilan birga stipendiya olmasdan o‘qiyotganlar ham bor. Bular maxsus sirtqi, kunduzgi sirtqi va 2-mutaxassislik talabalari. Ularning ham kontraktlari 33 foizgacha oshirildi. Bu yil o‘tgan yilgiga qaraganda qabul kvotalari soni har bir oliy ta’limga kamida 750 dan etib belgilandi. Bular ham kontrakt asosida o‘qiydi. Kechirasiz-u, shuncha pulni oliy ta’limning o‘ziga sarflasa...

    Uchinchidan oliy ta’limda hali ham poraxo‘rlik, sifatsiz ta’lim, eskicha qog‘ozbozlik, konspekt va hokazolar davom etib yotibdi. Nima uchun biz shuncha kontrakt to‘lashimiz kerak? Men oliy ta’limdagi o‘qituvchilardan sifatli ta’lim berishini talab qilganimda, beparvogina “Repititorga bor”, dedi. Men o‘zimni sifatli ta’lim olmayapman, deb hisoblayman.

    Avvalo, pedagogning o‘z kasbini suiiste’mol qilishga, ta’lim jarayoniga e’tiborsizlik bilan yondashishga haqqi yo‘q. Qolaversa, chuqurroq bilim berish o‘rniga talabaga repititorga borishni taklif qilishi, bu o‘zining savodsizigini tan olish bilan barobar emasmi? Shunday pedagoglar ta’lim tizimida ishlashga munosibmi? Mehnat qilib farzandini ziyoli qilishga urinayotgan xalqimizga nisbatan xiyonat emasmi bu? Tekinga oylik olish hisoblanmaydimi?

    Bundan tashqari, super-kontrakt masalasi ham bor. Yigit yoki qiz o‘qishni juda xohlaydi, ammo ota-onaning qo‘li kalta. Shuncha pulni qayerdan oladi. Bilimi bor, bir kasbni egallasa kelajakda jamiyatga nafi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Lekin shu yilda omadi chopmadi, ya’ni past ball bilan super-kontrakt asosida o‘qish imkoni bor. Ammo u pulni qayerdan olsin?

    Bu uning orzulari sinishi, kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘ldirmaydimi? Kelgusi yilni kutsinmi? Raqobat bundanda ko‘proq bo‘ladi-ku. Qolaversa, imtiyoz, turli imkoniyati borlar grantni egallasa yana kontraktga tushib turibdi-da.

    Yurtimizda o‘z oilaviy iqtisodini tiklab olganlar ko‘pchilikni tashkil etayotgani haqiqat. Ammo hammada ham bunday imkoniyat yo‘q. Imkoniyati yetganlar maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kollej yoki litseyda o‘qiyotgan farzandlarini repititorga beradi. Chunki o‘z kasbini suiiste’mol qilib, chuqur ta’lim berish o‘rniga moddiy manfaat uchun o‘quvchilarni qo‘shimcha darsga borishga majbur etayotgan pedagoglar ham bor.

    – Algebra fani menga yoqadi, – deydi 10-sinf o‘quvchisi Mehrangiz Usmonova. – Lekin o‘zlashtirishimiz qiyin. Bu faqat menga emas, boshqa sinfdoshlarimga ham tegishli. O‘qituvchimizga aytsak, yaxshi baho olishni istasalaring qo‘shimcha darslarimga qatnashinglar, deydi. Darslarning bir kuni 15 ming so‘mdan.

    Fanga qiziqqan, ammo qo‘shimcha darslarga bora olmayotgan o‘g‘il-qizlarimiz oliy ta’lim maskanlariga o‘qishga borganida ham muammolarga duch kelishi aniq. Bu kabi muammolar bugun faqat oliy ta’lim bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatmoqda. Uning tub ildizi yana birlamchi ta’lim maskanlari bilan bog‘liq. Shunday ekan kontrakt borasida qaror qabul qilinayotganda shu jihatlar e’tiborga olinsa yaxshi bo‘lardi.

    Kontrakt to‘lash uchun talabaga muddat beriladi. Agar shu muddat orasida pulni topa olmasa, o‘qishdan ketadi. O‘ylab ko‘ring, o‘qiyman, yurtim, xalqim kelajagi uchun mehnat qilaman, degan yigit-qizlarni o‘qishdan haydab yuborish adolatdanmi? Ularni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga osongina qaror qabul qilinsa, yaxshi kadrlar masalasi yana muammolar ostida qolmaydimi?

    Kontrakt oshganidan so‘ng ota-onasining qiynalayotganini ko‘rgan yoshlar darsga bormaslik yo‘llarini izlamoqda. Ular turli ishlar qilib pul topish yo‘liga o‘tmoqda.

    19.09.2018, 15:15   Izoh (0)   30819
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda “Paxta” maydonini payhon qilgan hayvon egalari javobgarlikka tortildi

    19.09.2018, 14:30

    Usmonxon Alimov AQShning xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha elchisi bilan uchrashdi

    19.09.2018, 14:15

    O‘zbekistonda 30 daqiqa ichida ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini notarial tasdiqlash imkoniyati yaratiladi

    19.09.2018, 13:45

    BP kompaniyasi O‘zbekistonda Castrol moyini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    19.09.2018, 13:35

    Sirdaryo yo‘llaridagi onlayn fotoradarlar 45 kunda 17,5 mingta qoidabuzarlikni aniqladi

    19.09.2018, 13:15

    Fotoreportaj: Marg‘ilon—Xanchjou—Valensiya: endi “Atlas bayrami” Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab Sharqdan G‘arbga qarab yo‘l oladi

    19.09.2018, 13:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.