14-sentabr, juma kuni AQShning sharqiy sohillariga yopirilgan “Florens” tropik dovuli qurbonlari soni 32 kishiga yetdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Bundan tashqari, Shimoliy va Janubiy Karolinadagi yarim milliondan ziyod uylar hamon elektr tokisiz qolmoqda.
Ushbu shtatlarning 27 mingdan ortiq aholisi ayni vaqtda vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.
“Florens” asta-sekinlik bilan o‘z kuchini yo‘qotmoqda, biroq hozir eng katta muammoni sellar keltirib chiqarmoqda.
Izoh (0)