Vyetnamda bo‘lib o‘tgan Vietnam Electronic Weekend musiqa festivaliga tashrif buyurgan yetti kishi giyohvand moddaning ortiqcha dozasi sababli halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, bunday alomatlar bilan kasalxonalarga ko‘plab kishilar kelgan. Ularning barchasi musiqiy tadbirga tashrif buyurgan.
Politsiya hozircha jabrlanganlarning aniq sonini ayta olmayapti. Vaziyat esa “favqulodda jiddiy” deb hisoblanmoqda.
Hodisa tafsilotlari va odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan giyohvand modda turi hozircha oshkor qilinmayapti.
Vietnam Electronic Weekend Vyetnamdagi eng yirik musiqa festivali hisoblanadi. Fojia yuz bergan kuni festivalga jami besh ming kishi tashrif buyurgan.
Izoh (0)