Keniyalik yuguruvchi Eliud Kipchoge marafonda yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Berlinda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Kipchoge marafon masofasini ikki soat, bir daqiqa va 40 soniyada bosib o‘tdi.
Kipchoge 2017-yil mayida Nike’ning reklama kampaniyasi doirasida marafonni 2 soat 25 soniyada bosib o‘tgan, biroq ushbu rekord rasman hisobga olinmagan edi.
Kipchoge Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari marafonida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)