Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer faoliyatini qayta boshlashini e’lon qildi. Instagram’dagi sahifasida yozishicha, u 2018 yil so‘nggiga qadar filippinlik Menni Pakyaoga qarshi jang o‘tkazadi.
Ushbu e’lon bilan bir vaqtda Meyvezer bilan Pakyao Tokiodagi musiqa festivalida muloqot qilayotgani aks etgan videoyozuv ham paydo bo‘ldi.
https://instagram.com/p/BnvdWOphIoe/?utm_source=ig_embed
Floyd Meyvezer professional bokschilar orasida mag‘lubiyatsiz faoliyatining davomiyligi bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — u 50 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Meyvezer 2017-yili, MMA jangchisi Konnor Makgregor bilan jangdan so‘ng (ushbu jang boks qoidalari asosida o‘tkazilgan), bokschilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.
Meyvezer va Pakyao 2015-yili ringda o‘zaro to‘qnash kelgan. Jang, hakamlar qaroriga ko‘ra, amerikalik bokschining g‘alabasi bilan yakuniga yetgan.
Izoh (0)