Janubiy Koreyada ishlaydigan muhojirlar orasida o‘zbekistonliklar eng intizomli va davlat qonunlarini hurmat qiluvchilardan hisoblanadi. Bu haqda Samarqandga tashrifi davomida Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bosh direktori Kim Dong Xo ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
“Ularning ayniqsa, mehnatsevarligi, halol va mardligi bizni hayron qoldiradi. Har qanday kasb-hunar bo‘lmasin, juda tez o‘zlashtirishadi. Ular orasida yuqori malakali mutaxassislar juda ko‘p. O‘zbekistonda ularga tadbirkorlik qilib, o‘rganib kelgan hunarini amalda qo‘llash imkoniyatlari yaratilganligi quvonarli”, — ta’kidladi Kim Dong Xo.
Ma’lumot uchun, ikki davlat o‘rtasidagi memorandumga muvofiq bugungi kunga qadar qariyb 50 mingga yaqin o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirgan.
Izoh (0)