Rossiyaning Voronej shahrida dam olish kunlari qizlarga jinsiy zo‘ravonlik qilib kelgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi sud qilinadi, deb yozadi “Podrobno.uz” Rossiya OAVlariga tayanib.
24 yoshli Ural Allanov, 25 yoshli G‘anisher Bo‘tayev va 25 yoshli Xolmurod Mo‘minov bir nechta zo‘ravonlik va bosqinchiliklarda ayblanmoqda. 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan besh nafar qiz jinoyatchilarning tasodifiy qurbonlariga aylangan.
2017-yil sentabrida Bo‘tayev va Allanov tungi vaqtda Voronej ko‘chalarida aylanib yurib, yolg‘iz yurgan qizni ko‘rib qoladi. Uni kuch bilan mashinaga sudrab kirib, shahar tashqarisiga olib ketadi, u yerda esa qizni talab, so‘ng zo‘rlaydi.
Ushbu voqeadan keyin sheriklar yana bir tanishi bilan birga bunday “ishlar”ni har dam olish kunlari qilib turishga kelishib oladi. Uch jinoyatchi tungi vaqtda ayollarga hujum qila boshlaydi.
Gumonlanuvchilarga nisbatan har birining roliga qarab, jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari, zo‘rlash, bosqinchilik moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Har bir jinoyat uchun maksimal jazo — 10 yillik qamoq.
Izoh (0)