Rossiyaning Orlovsk viloyati, Orlovsk tumanida Nexia va reys avtobusi to‘qnashib ketishi oqibatida halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklarning shaxsi aniqlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlar:
Mohmirza Rahmonov, 1986-yillda tug‘ilgan. Andijon viloyati, Izboskan tumani, Guliston chek ko‘chasi, 25-uyda istiqomat qilgan;
Malikaxon G‘oziyeva, 1983-yilda tug‘ilgan. Andijon shahri, Qo‘shariq dahasi,91-uy, 15-xonadonda istiqomat qilgan.
Marhumlarning jasadi Msensk markaziy shifoxonasida saqlanmoqda.
Jarohatlangan:
Kamoliddin O‘rinboyev (Nexia haydovchisi), 1989-yilda tug‘ilgan. Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, Oq echki ko‘chasida istiqomat qiladi.
U Msensk markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.
Izoh (0)