Arxeologlar Milandan shimolda joylashgan Komo shahridagi sobiq Kressoni teatrida qadimgi Rim tangalarini topdi. Topilma milodning V asriga taalluqli. Bu haqda Italiyaning madaniy meros, madaniy faoliyat va turizm vazirligi ma’lum qilgan.
Xazina bino ichidagi chiqindi idishlarida topilgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, tangalar so‘nggi Rim imperiyasi davriga taalluqli. Hozircha topilmaning tarixiy va madaniy qimmati aniqlangani yo‘q.
Tangalar restavratsiya laboratoriyasiga yuborilgan va mutaxassislar tomonidan o‘rganiladi. Topilmaning qiymati bir necha million dollarga teng bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)