Tinch okeanining Yangi Zelandiya qirg‘oqlarida 10-sentabr kuni 7,0 magnitudali zilzila qayd etildi, deb yozadi “TASS”.
Zilzila epimarkazi L’Esperans odam yashamaydigan orolidan 113 kilometr janubi-sharqda 134 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronalar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Izoh (0)