Afg‘oniston shimolida “Tolibon” radikal harakati jangarilari Jauzjan provinsiyasidagi tumanlardan birini egalladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Mahalliy amaldorlar Jauzjan provinsiyasining Xam Aav tumani ‘Tolibon’ bilan kuchli qarama-qarshiliklardan so‘ng boy berilganini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.
Terrorchilar va politsiyachilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida necha kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot keltirilmagan.
Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab terrorizm bilan kurash bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazib kelmoqda.
Izoh (0)