Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi (DXR) Xalq kengashi 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda DXR rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida parlament raisi Denis Pushilinni tayinladi. Bu haqda “DXR yangiliklari” saytida xabar berildi. Tegishli hujjatni yoqlab ko‘pchilik deputatlar ovoz berdi.
Donetsk parlamenti ham Aleksandr Zaxarchenkoning bu lavozimdagi vakolatlarini “uning o‘limi munosabati bilan” muddatidan avval to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.
Donetsk xalq respublikasi rahbari Aleksandr Zaxarchenko 31-avgust kuni kechqurun Ukrainaning Donetsk shahri markazidagi “Separ” kafesida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)