Fiji sohillarida 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Zilzila epimarkazi Fiji poytaxti Suva shahridan 102 kilometr janubi-sharqda, 608 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Zilzila oqibatida jabrlanganlar va vayronalar haqida ma’lumot yo‘q. Sunami xavfi haqida ham e’lon qilinmagan.
Fiji Tinch okeanining janubi-g‘arbida joylashgan arxipelag bo‘lib, 300 dan ortiq orollarni o‘z ichiga olgan.
Izoh (0)