Toshkentda kasalxonalardan birining bo‘lim mudiri operatsiya o‘tkazish uchun pul talab qilgani uchun qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
35 yoshli Mirjahon U. operatsiya uchun 200 dollar so‘ragan. Ushbu summani olish vaqtida tibbiyot xodimi jinoyat ustida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga tushirilgan.
Ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)