Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida 2018/2019-o‘quv yili boshlandi.
Bunga bag‘ishlangan tadbirda bilim yurti mudarrisalari, ishchi-xodimlari va barcha talabalari ishtirok etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, idora ta’lim bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Do‘smatov, O‘zbekiston milliy universiteti professori To‘lqin Qurbonov talabalarni yangi o‘quv yili bilan qutladi.
1-kurs talabalari tadbirni Qur’on tilovati, go‘zal nashidalar va sahna ko‘rinishlari bilan bezadi.
Izoh (0)