• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adliya vazirligi: obodonlashtiriladigan hududlarning aniq maydoni belgilanmagan

    Aholi punktlarining tashqi qiyofasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Aholi punktlari ayniqsa, shaharlarni “Insonlar uchun shahar”, “Kreativ shahar”, “Ravon shahar” kabi tamoyillarga muvofiq yangi yondashuvlar asosida rejalashtirish orqali jamiyat rivojlanishida obodonlashtirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

    Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davlatning ustuvor vazifalariga kiradi. Ushbu mamlakatlarda hududlarni obodonlashtirish ishlari asosan shahar va tuman darajasida bevosita aholi va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda fuqarolar ishtirokida turli aksiyalar, loyihalar va maxsus dasturlar tashkil qilish keng yo‘lga qo‘yilgan. Misol uchun, 2002—2006-yillarda Seulda “Million dona yashil pufakchalar” aksiyasi doirasida, aholi shahar ma’muriyati bilan birgalikda 3,5 km2 tashlandiq maydon ko‘kalamzorlashtirgan.

    Ta’kidlash joizki, obodonlashtirish bu nafaqat ko‘chalarni tozalash, balki aholiga qulay ekologik, shu jumladan, hududdagi arxitekturava iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda shahar me’morchiligi va xushmanzara landshaft dizaynini yaratishdir. Aholi punktlarida qulay ekologik, sanitar sharoitlarni yaratish o‘z navbatida landshaft dizayni, irrigatsiya, muhandislik ishi kabi mutaxassis kadrlarni jalb qilishni talab qiladi.

    Obodonlashtirish masalalarining dolzarbligidan kelib chiqib, Adliya vazirligi tomonidan obodonlashtirish sohasidagi qonun hujjatlari, huquqni qo‘llash amaliyoti va amalga oshirilayotgan ishlar holati tizimli tarzda o‘rganildi. Tahlil natijalari obodonlashtirish ishlarining yuqori samaradorligiga erishishda to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bir nechta toifalarga ajratish mumkin.

    Birinchidan: “moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi”.

    Obodonlashtirish ishlari mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga, boshqacha aytganda soliq to‘lovchilarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tutash hududlarni obodonlashtirishda hech qanday majburiyat olmaydi.

    Xorijiy davlatlar tajribasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilarva ijarachilarga ularning ko‘chmas mulklariga tutash hududlarni obodonlashtirish majburiyatini yuklash amaliyoti kuzatish mumkin.

    Xususan, Nyu-yorkda (AQSh) yuridik shaxslar o‘zlarining ko‘chmas mulklariga tutash bo‘lgan maydonlarda obodonlashtirishva ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishga majbur. Janubiy Koreyada esa qurilish kompaniyalari tomonidan bino, inshootlarni qurishga tegishli hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish sharti bilan ruxsat beriladi.

    Moliyalashtirish manbalarining chegaralanganligi o‘z navbatida, malakali mutaxassislarni jalb etishda to‘sqinlik qiladi, chunki obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining ish haqi juda past.

    Ikkinchidan: “obodonlashtiriladigan hududlarning aniq maydoni belgilanmagan”.

    Obodonlashtiriladigan hududlar pasportlarining holati qoniqarsiz ahvolda. Tahlillar natijasi haqiqiy obodonlashtiriladigan maydonlar hajmi pasportda qayd qilingan maydonlardan bir necha marotaba katta ekanligini ko‘rsatdi.

    Ayrim turdagi maydonlar, xususan, aholi punktlarining markazlari (xiyobonlar, parklar, markaziy ko‘chalar) qisman obodonlashtirish boshqarmalari, davlat organlari, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan obodonlashtirilayotgan bo‘lsa, hududlarning qolgan qismi esa qarovsiz holda.

    Tumanlar (shaharlar)ning aholi punktlarida, shuningdek jamoat joylarida (maydonlar, ko‘chalar, bog‘lar, parklar, vokzallar, aeroportlar, bozorlar, shahar transporti bekatlari va boshqalar) chiqindi qutilarining keskin yetishmovchiligi muammosi mavjud, chiqindi qutilar uchun talablar, ularni ishlab chiqish, bosqichma-bosqich joylashtirish grafiklari joriy etilmagan, fuqarolarni tozalikni ta’minlashga chorlaydigan talablar mavjud emas.

    Shuningdek, suv obyektlari hamda qirg‘oqbo‘yi hududlarining qoniqarsiz ahvolda ekanligi, ushbu muammoga ham ko‘proq e’tibor tortish talab etiladi.

    Uchinchidan: “Ish yuklamasi haddan ortiq”.

    Obodonlashtirish boshqarmalarining ish hajmi ularning mavjud imkoniyatlaridan 3-4 marta yuqoriligi, ularning ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Respublika bo‘yicha 201 ta obodonlashtirish boshqarmalari mavjud bo‘lib, ularda jami 52.252,5 ta shtat birligi (o‘rganish vaqtida bo‘sh ish o‘rinlari soni 1.468 yoki 2,8 %) joriy etilgan.

    Me’yorga muvofiq 1 xodimning 1 kunda hududlarni tozalash maydoni 3.500 m2 tashkil etishi lozim, biroq amalda o‘rtacha yuklama 9.997 m2 tashkil etib, o‘rnatilgan me’yordan deyarli 3 marotaba oshadi.

    Shuningdek, ko‘chalarni yoritish nuqtalarining ishlash holatini ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga ham haddan ziyod katta yuklama to‘g‘ri keladi. Me’yorga muvofiq, 1 xodim 1 kunda o‘rtacha 500 ta yoritish nuqtalarini aylanib chiqishi va yaroqsiz holdagi yoritish lampalarini almashtirishi lozim. Biroq, amaldagi o‘rtacha yuklama 850 ta yoritish nuqtasini ya’ni, o‘rnatilgan normadan deyarli 1,5 marta ortiqni tashkil qiladi.

    To‘rtinchidan: “monitoringning mavjud emasligi hamda eskirgan texnika.”

    Respublikada obodonlashtirish boshqarmalari balansida jami4.522 ta texnikalar mavjud bo‘lib, ulardan 888 tasi yoki 20% nosoz ahvolda.

    Soz holatdagi texnikalarning 80% ma’naviy va moddiy eskirgan (1980/90-yillarda ishlab chiqarilgan TTZ-80, Gaz 53-12, Maz, ZIL) bo‘lib, ularni saqlash uchun ko‘p mablag‘lar talab etiladi, bu esa o‘z navbatida resurslardan samarasiz foydalanishga sabab bo‘lmoqda, texnikalarning qolgani esa faqatgina xodimlarni tashish uchun mo‘ljallangan “Damas” avtomobili va “Isuzu” avtobuslaridan iborat. Mavjud transport vositalari GPS uskunalari bilan jihozlanmagan. Natijada, transport harakatini masofadan kuzatish mexanizmi mavjud emas.

    Obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarining moddiy ta’minotini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmagan. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladigan mablag‘larni jamlash imkoniyatini beruvchi budjetdan tashqari jamg‘armalar mavjud emas.

    Innovatsion rivojlanish davrida zamonaviy texnika yordamida foydali ish koeffitsiyentini sezilarli darajada oshirib, resurslar iqtisod qilinayotgan bir paytda, obodonlashtirish ishlarining aksariyati hanuz qo‘l mehnati yordamida amalga oshirilib kelinmoqda. Obodonlashtirish ishlari odatda ertalabki tig‘iz paytda yo‘l harakati ishtirokchilariga xalaqit va xavf tug‘dirgan holda olib boriladi.

    Vaqt, moddiy va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejaydigan, shuningdek obodonlashtirish ishlari sifatini oshiradigan hududlarni monitoring qilish mexanizmi mavjud emas.

    Beshinchidan: “davlat-xususiy sheriklik, autsorsing va jamoatchilik nazorati elementlari mavjud emas”.

    Davlat-xususiy sheriklik elementlarining mavjud emasligi, qo‘shimcha samarali resurslarni jalb etish imkoniyatini cheklaydi. Mazkur sheriklikni alohida talablar asosida joriy etish xususiy sektorning moddiy-texnika va mehnat resurslarini jalb etishga imkon yaratadi.

    Shu bilan birga, obodonlashtirish ishlarini tadbirkorlik subyektlariga autsorsing shartlari asosida topshirish ishlari amalga oshirilmagan. Bunday hamkorlik obodonlashtirish ishlari sifatini va mehnat resurslarini sezilarli darajada iqtisod qilishga yordam berardi.

    Bu borada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari xususiy sektorga topshirilgan Janubiy Koreya tajribasi diqqatga sazovor. Mazkur mamlakatda tabiat va bog‘dorchilikni muhofaza qilishga ixtisoslashtirilgan tadbirkorlik subyektlari tanlov asosida shahar landshafti bo‘yicha ishlarni mahalliy budjet mablag‘laridan moliyalashtirilgan holda amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritadi.

    Sohada aholining ozodalik va tartibini ta’minlashda qiziqishini oshiradigan samarali jamoatchilik nazorati hamda real vaqt rejimida aholi bilan faol o‘zaro hamkorlik qilishga imkon beruvchi elektron maydoncha mavjud emas.

    Shahar, viloyat va tuman markazlari, ovul va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Adliya vazirigi tomonidan “Aholi punktlarini obodonlashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

    06.09.2018, 08:15   Izoh (0)   15416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar va yevro kursi yana qimmatladi

    06.09.2018, 07:59

    Xadichai Kubro bilim yurtida yangi o‘quv yili boshlandi

    05.09.2018, 23:33

    Karmana tumanida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

    05.09.2018, 23:24

    Andijon davlat universitetida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi seminar o‘tkazdi

    05.09.2018, 23:15

    Abdusalom Azizov Qurolli Kuchlar akademiyasida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan video-onlayn ochiq darsda ishtirok etdi

    05.09.2018, 22:55

    Xitoy kompaniyasi Jizzaxda sement va g‘isht zavodlari quradi

    05.09.2018, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iliya Topuriya — UFC yengil vazn toifasining yangi chempioni (video)

    Sport | 29 iyun, 12:07

    Mashhurlar hayajonni qanday yengadi: Zendaya, Garri Stayls va Megan Marklning shaxsiy usullari

    Layfstayl | 29 iyun, 11:30

    30 yil avvalgi yirik hisobning takrorlanishi, turnir jadvalidagi ilgarilash: “Navbahor” va “Mashʼal” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 29 iyun, 10:51

    Styuardessalar ularni chetlab o‘tadi: samolyotda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan ichimlik va taomlar

    Layfstayl | 29 iyun, 10:40

    “Asr to‘yi”: Jeff Bezosning Venetsiyadagi 50 mln dollarlik nikoh oqshomiga 200 dan ortiq mashhurlar tashrif buyurdi

    Shou-biznes | 29 iyun, 10:15

    O‘zbekistonda valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 10:00

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.