To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan N.Hakimjon Kosonsoy—To‘raqo‘rg‘on—Jomashuy yo‘lining 57-kilometrida Damas mashinasida yo‘l chetida ketayotgan piyodani turtib yubordi va daraxtga borib urildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
YTH oqibatida piyoda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1971-yilda tug‘ilgan H.Nargiza voqea joyida halok bo‘ldi. Avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi,To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1954-yilda tug‘ilgan O.Mastura og‘ir tan jarohati olib, kasalxonada vafot etdi.
Haydovchining o‘zi va mahalladoshi,1957-yilda tug‘ilgan K.Mahliyo yaralanib, shifoxonaga yotqizildi.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)