Joriy yilning 3-sentabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi Yu.G. shu tumanda yashovchi D.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida chiqadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Mast holda bo‘lgan Yu.G. haydovchi bilan o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida uning ko‘krak qismiga pichoq urib, jarohat yetkazdi. Oqibatda D.M. kasalxonaga yotqizildi, Yu.G. esa qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)