Bugun, 5-sentabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Dilshod Sharipov xabar berdi.
Martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar shohsupaga ko‘tarildi va ikki davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.Ikki mamlakat prezidenti tor va keng doiradagi muzokaralarda ishtirok etadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti va qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)