Boʻz tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala koʻrildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
2017-yil fevralidan hozir kunga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Abdurashid Mamirov betobligi tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shu paytgacha Asaka tumani hokimining birinchi oʻrinbosari — Asaka shahri hokimi vazifasida ishlab kelgan Inomjon Mamadaliyev yangi hokim etib tayinlandi.
I. Mamadaliyev 1975-yilda Asaka tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1997-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Asaka shahar IIB katta inspektori, IIB boshligʻining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, viloyat IIB huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan.
Izoh (0)