Toshkent shahrining ayrim tumanlarida yashovchilar 27-avgust, dushanba kuni kechki payt oltingugurtni eslatuvchi yoqimsiz oʻtkir hid sezilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
FVVga koʻra, mazkur hid manbasi Olmazor tumanidagi “Chuqursoy” temir yoʻl-tovar bekatida boʻlgan.
“Natriy gidrosulfatining 50 litrli idishida yoriq paydo boʻlgan va u yerga suv kirgan. Bu modda 45 foizli tuz boʻlib, suv bilan aralashgandan soʻng oʻzidan hid tarqatadi”, deya izoh berdi FVV.
Vazirlik yoqimsiz hid sezilayotgani haqida shu kuni soat 21:20 da shikoyat qabul qilingani va oradan ikki soat oʻtib muammo bartaraf etilganini bildirdi.
Izoh (0)