Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani prokurori oʻzgardi, deya xabar bermoqda “Kruz.uz”.
Xabar berishlaricha, shu vaqtgacha Chimboy tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Murat Arzimbetov nafaqaga chiqqan.
Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston bosh prokurorining buyrugʻiga asosan, Ruslan Atamuratov tuman prokurori etib tayinlangan.
Ruslan Atamuratov bungacha Qoraqalpogʻiston prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)