Oʻzbekiston va Fransiya Toshkentda fransuz oʻquv yurtlaridan birini ochish masalasini koʻrib chiqadi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimovning Parij akademiyasi rektori, Il-de-Frans akademik mintaqasi vaziri Jil Peko bilan muzokaralari davomida maʼlum boʻldi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
Muzokaralar yakuni boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston va Fransiya oliy oʻquv yurtlari rektorlari sammitini oʻtkazish, Toshkentda Fransiya universitetlaridan birining filialini ochish, qoʻshma fakultetlar va kafedralar taʼsis etish, oʻqituvchilar va talabalar almashish xususida kelishuvga erishdi.
Mazkur kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Parij akademiyasi oʻrtasida 2019—2021-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolanadi.
Izoh (0)