Shohrux Shorahimovich Shoahmedov Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Agentlik 2018-yil 1-iyulda tashkil etilgan boʻlib, qishloq xoʻjaligida loyihalar, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish uchun masʼul hisoblanadi.
Izoh (0)