“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga chegirmalar joriy etdi.
Jumladan, joriy yil 31-avgustidan 4-sentabrgacha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanadigan Afrosiyob poyezdlarida ham yo‘l chiptalariga 50 foizli chegirma joriy qilindi.
Mazkur chegirmalar oilaviy, jamoa bo‘lib safarga otlangan, shuningdek, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilarga tegishli.
Izoh (0)