Makka va Madina shaharlarida joriy yildagi haj mavsumi jiddiy, noxush hodisalarsiz o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy saytiga tayanib, “Islom.uz” xabar berdi.
Ziyoratchilarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun nafaqat mamlakat Ichki ishlar vazirligi, balki fuqaro mudofaasi va kuch tuzilmasi xodimlari ham jalb etildi. Mavsum davomida oftob urishi va qattiq charchash oqibatida tibbiy yordam so‘rab 10 ming odam murojaat qilgan.
Xabarda, joriy yilda Saudiya Arabistoniga haj ziyorati uchun 2 milliondan ortiq kishi borgan. Ulardan 90 foizi boshqa mamlakatlardan kelgan fuqarolar hisoblanadi.
Izoh (0)