2018-yilning birinchi yarmida Rossiya va Oʻzbekiston orasida mahsulot ayirboshlash hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshib, 2,8 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov maʻlum qildi, deya habar beradi Sputnik.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida mahsulot ayirboshlash hajmi 5 yil oxiriga qadar 5 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Ikki davlat oʻzaro savdo-sotiq hajmini 6 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
Ashrafxonovga koʻra, 2018-yil boshidan buyon Rossiyadan Oʻzbekistonga jalb qilingan sarmoyalar hajmi 600 million dollarni tashkil qildi. Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan 114 ta yangi korxona paydo boʻldi. Oʻzbekistonda ochilgan korxonalar soni boʻyicha Rossiya birinchi oʻrinni egallab turibdi.
Izoh (0)