Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-avgustdagi qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi maʻlum qildi.
Oʻzgartirishga muvofiq, endilikda Oʻzbekiston hududidan etil spirtini tranzit qilish mumkin. Buning uchun Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Maʻlumot uchun, 1998-yil 15-maydan Oʻzbekiston bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlanib, tranzit qilish uchun Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan edi.
Izoh (0)