Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi oxirgi vaqtlarda rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Axmet Bashar Shen ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“Yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich 2 milliard dollarga yetishi kutilmoqda”, — dedi Anqaraga elchilarning o‘ninchi anjumanida ishtirok etish uchun kelgan Shen.
Uning aytishicha, ikki davlat kelgusida 5 milliard dollar miqdoridagi tovar aylanmasini rejalashtirgan.
Izoh (0)