O‘zbekiston va Rossiya 3-oktabrda yoshlarning ilk qo‘shma biznes-inkubatorini ishga tushiradi. Bu haqda “Podrobno.uz” ma’lum qildi.
Inkubatorning ochilishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Inkubatorning birinchi bosqichida Rossiya va O‘zbekiston yoshlari ikki hafta davomida hamkorlikda biznes yuritish asoslarini o‘rganadi, Belgorod viloyatidagi korxonalar bilan tanishadi va o‘zaro muzokaralar olib boradi.
Biznes-loyihalarni himoya qilish, hamkorlik kelishuvlari va shartnomalarini imzolash ushbu faoliyatga yakun yasaydi.
Ikkinchi bosqichda biznes-inkubator noyabr oyida Toshkentda tashkil etiladi.
Izoh (0)