O‘zbekiston hukumati, Toshkent viloyati hokimligi, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari Bekobod shahriga safar qilib, shu yilning 20-avgust kuni Bekobod tumani hududida Damas avtomashinasi va hukumat vakillari bo‘lgan avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan avtotransport hodisasida jarohatlangan haydovchi B. Saidov va yo‘lovchi A. Meliboyev holidan xabar oldi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.
Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida mazkur yo‘l-transport hodisasi keng muhokama qilinib, Damas avtomobili haydovchisi va uning hamrohi haqida turli noxolis ma’lumotlar tarqatilmoqda.
OAV va jamoatchilik vakillari fuqarolar B. Saidov hamda A. Meliboyev yengil tan jarohati bilan Bekobod shahar tibbiyot birlashmasida davolanayotganlariga guvoh bo‘ldi. Birlashma bosh shifokorining ma’lum qilishicha, bemorlarning ahvoli qoniqarli va ular jiddiy jarohat olmagan, shu bois 3 kun ichida oilalari bag‘riga qaytadi.
B.Saidovning aytishicha, davolanish jarayonida hech qanday kamchilik yoki muammo mavjud emas. B. Saidov va A. Meliboyevlar o‘zlarini yaxshi his qilayotganlarini ta’kidladi.
Izoh (0)